Olimlar uyqusizlik miyaning turli sohalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzishini aniqladilar

Jamiyat 00:32 / 06.04.2016 2692

Olimlar surunkali uyqusizlik bosh miyaning oq moddasi normal faoliyatini buzishini hamda asab impulslarini tana a'zolariga va boshqa asab hujayralariga uzatuvchi asab hujayralari shoxchasi – aksonlarga ta'sir qilishini aniqladilar. Bu haqda batafsil Radiology jurnalida tanishish mumkin.

Tadqiqotda surunkali uyqusizlikdan aziyat chekuvchi 23 kishi va 30 nafar sog‘lom ko‘ngilli ishtirok etdi. Tajribaning barcha ishtirokchilari diffuzion MRTdan (magnit-rezonans tomografiya) o‘tkazildilar. Bu usul bosh miyaning uch o‘lchovli modelini yaratish uchun qo‘llanadi. Tadqiqot natijalari utsqusizlikdan aziyat chekuvchi odamlarda o‘ng miya yarimsharidagi oq moddaning turli qismlari o‘rtasida hamda talamusda aloqa buzilganini ko‘rsatdi.

Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, ularning ishlari natijalari juda muhimdir, chunki talamus organizmning biologik soatlari uchun javob beradi. Endi esa talamus uyqusizlik keltirib chiqaradigan patologik jarayonlarga jalb qilingani ayon bo‘ldi. Olimlarning fikricha, miyaning oq moddasi faoliyatidagi buzilishlar asab tolalari qobig‘ini shakllantiruvchi miyelinni yo‘qotish sababli ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: