Mossack Fonseca yuridik firmasi asoschilaridan biri Ramon Fonseka internetda chop etilgan, dunyoning yirik siyosatchilari, mashhur odamlarining ofshor hisob raqamlari haqidagi millionlab hujjatlar "xorijdan buzib kirilish" oqibatida qo‘lga kiritilganiga ishonchi komilligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Fonseka ofshorlarni boshqaruvchi tashkilotlar ma'lumotlar firmaning ichidan chiqib ketganini istesno qilishayotganini aytdi.
"Biz bosh prokuraturaga shikoyat qildik, masala tergov qilinmoqda", deb aytdi Fonseka intervyu vaqtida.
Uning aytishicha, "isbotlangan yagona jinoyat ma'lumotlarga buzib kirilish holati hisoblanadi".
Fonseka "Panama hujjatlari" bo‘yicha tergovni "alvastilarga ov" deb atadi.
Avvalroq Litvada qo‘shiqchi Sergey Roldugin bilan bog‘liq ofshor mablag‘lari mamlakat orqali tranzit qilingani ma'lum qilingandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shiqchini Vladimir Putinning do‘stlaridan biri deb atardi.
"Ofshor" mojarosi bilan bog‘liq millionlab hujjatlar ofshor kompaniyalari operatori Mossack Fonseca firmasidan chiqib ketishi oqibatida jurnalistlarning qo‘liga tushgan.