«PSJ» jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan YeChLning chorak finalidagi to‘qnashuv oldidan «Manchester Siti» futbolchisi Samir Nasri bildirgan fikrlarga javob qaytardi.
Ingliz jamoasi futbolchisi shunday degandi: «Men «PSJ» dushanba kuni Stokda «Vest Hem»ga qarshi yoki «Arsenal» bilan «Emireyts»da qanday o‘ynashini ko‘rishni istardim. «PSJ» «Barselona» emas.
Blan Angliya chempionati vakillarining premer-ligadagi muvaffaqiyatsiz ishtirokiga e'tibor qaratgan.
«Ehtimol, Fransiya divizioni u qadar kuchli emasdir. Men bunga o‘xshash munozaralardan charchaganman.
Lekin menga qanday tushuntirib berishadi, agar Angliya chempionati eng kuchli chempionat bo‘lsa, nega YeChL chorak finalida faqat bitta ingliz klubi qolgan?
Ehtimol, ingliz jamoalari charchab qolish bo‘yicha eng ilg‘or jamoalardir? Premer-ligani jamoalari martga keliboq toliqib qolayotgani uchun kuchli turnir deb bilish mumkinmi?.
Biz o‘z ligamizda o‘ynaymiz. Frantsuz ligasi yanada kuchayishi kerak.
Balki men nohaqdirman, lekin keyingi 5-6 yilda YeChLning yarimfinallarida ingliz jamoalarini deyarli ko‘rmay qo‘ydim. Har bir chempionatning o‘z muammolari mavjud, ishonavering», – deydi Blan.