Jyenevada Suriya bo‘yicha muzokaralarning yangi raundi boshlanadi

Jahon 21:20 / 06.04.2016 877

Suriya bo‘yicha muzokaralarning yangi raundi Jyenevada 13 aprelda boshlanadi. Bu haqda Suriya muxolifati delegatsiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

"Bugun de Misturaning idorasidan muzokaralar bo‘yicha navbatdagi raund Jyenevada 11 aprel o‘rniga 13 aprelda boshlanishi haqida ogohlantirish oldik", deb aytdi manba.

Avvalroq BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Moskvaga 5 aprelda kelishi ma'lum qilingandi. De Mistura tashrifi vaqtida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Suriya bo‘yicha muzokaralarning keyingi raundiga tayyorgarlikni muhokama qilishi kerak edi.

Ko‘proq yangiliklar: