Diyego Simeone: «Hozir o‘zim istagan barcha gapni aytolmayman. Hakam va o‘yin haqida ehtiyot bo‘lib gapirishim kerak»

Sport 08:48 / 06.04.2016 1903

«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone YeChL chorak finalidagi «Barselona»ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan birinchi o‘yin natijasidan noroziligini bildirib o‘tdi.

«Men o‘yinni boshqargan Roberto Fernandesning hakamligi haqida hech so‘z aytmayman. Aytishim mumkinki, futbolchilarimning harakatlaridan ko‘nglim to‘ldi. Birinchi taymda biz 30 daqiqa davomida to‘liq ustunlik ko‘rsatdik.

Men oson bo‘lmagan raqibga qarshi safarda qayd etilgan natijadan roziman. Javob o‘yinini kutaman, umid qilamanki, bu o‘yinda muxlislar bizni faol ravishda qo‘llab-quvvatlashadi.

Men Torresdan xafa emasman. Shubha yo‘qki, men hozir o‘zim istagan barcha gaplarimni ayta olmayman. O‘yin va hakamlik haqida o‘ylab gapirishga majburman.

Suares bilan mojarolar ikkitadan ko‘p bo‘lgan. Ammo mayli, ikkita bo‘la qolsin. Bu borada ham o‘ylagan gaplarimni bildira olmayman.

Shunga qaramasdan, biz keyingi bosqichga o‘tish uchun barcha ishni qilamiz», – deydi Simeone.

Ko‘proq yangiliklar: