Zamonaviy asrimizda zamonaviy qallobliklar paydo bo‘ldi. Gapimizni isboti bilan gapiradigan bo‘lsak, o‘zbekistonlik bir qancha mashhur shaxslar, ko‘p hollarda, san'atkorlarning nomiga turli ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifa ochilib, fotosuratlari joylashtirilib, ularning shaxsiy hayoti va ijodi haqida turli gap-so‘zlarni tarqatib yurishganini kuyinib misol keltirish mumkin.
Jumladan, xonanda Botir Qodirovning nomidan ana shunday sahifalar ochilib, yurg‘izilayotganini aytib o‘tish kerak. Xonandaning aytishicha, internetdagi biror-bir ijtimoiy tarmoqda uning shaxsiy sahifasi yo‘q. Ammo shu kunlarda soxtalari ochilgan.
Bu kabi ishlarni qilayotganlarga achinib ketasan. Qimmatli vaqtlari nimaga sarflanayotganiga, ertaga bu ishlarning ham javobi borligiga va eng asosiysi insoniylik degan chegaradan chiqib ketishayotganiga qarab, boshingni chayqaysan va barcha qatori ularga ham insof tilaysan.