Google kompaniyasi hayotingizni yanada tartibli qilishga yordam beradigan yangi funksiya ishlab chiqdi.
Zamonaviy odam shu darajada ish bilan bandki, elektron yordamchilarsiz uni tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Google Taqvimi” ana shunday eng foydali ko‘makchilardan biridir. Uning yordamida kun tartibini tashkillashtirish, tadbirlar va uchrashuvlarni belgilash, hamkasblar bilan rejalarni kelishish mumkin.
Onlayn taqvimning “Eslatma” nomli funksiyasi orqali nafaqat voqea, balki boshqa muhim ishlar, masalalar haqida ham eslatmalar kiritish mumkin.