Toshkentdagi Braziliya restorani yopiladi

Jamiyat 17:29 / 05.04.2016 1397

Brasil restorani ma'muriyati 5 aprel kuni Feysbukdagi sahifasida Bobur istirohat bog‘i hududida joylashgan binosi buzilishi haqida ma'lum qildi.

Ko‘ngil ochish maskani o‘rnida Nizomiy nomidagi Pedagogika instituti ingliz filologiyasi fakulteti talabalari uchun o‘quv binosi qurilishi rejalashtirilgan.

Brasil restorani 2013 yili ochilgan. U Toshkentda ochilgan birinchi churaskariya – yeb-ichishga emas, kirishga pul to‘lanadigan joy va ko‘ngilochar tomoshalari bilan mijozlarning ko‘nglidan joy olgan edi.

“Kecha, 4 aprel kuni kechki payt soat uchda kelib bizga: narsalaringizni yig‘ishtiring, ertaga bu bino buziladi, deb ma'lum qilishdi. Lekin har bir yomonning yaxshisi bor, deganlaridek, biz o‘zimizga tez orada ko‘chish mumkin bo‘lgan boshqa joy mo‘ljallab qo‘ydik”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi restoran sahifasida.

Ko‘proq yangiliklar: