Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi 2004 yilda Lola Karimova-Tillayeva tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan. Jumladan ularga tashxis qo‘yish, ortopedik, nevrologik davolash hamda reabilitatsiya sohalarida yordam taklif etiladi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” yozmoqda.
Bu yerda ixtisoslashgan pedagoglar, logopedlar, psixologlar, bolalar psixonevrologi, davolash gimnastikasi bo‘yicha shifokorlar va instruktorlar, vrach-pediatrlar, ortoped-travmatologlar, nevropatologlar, fitoterapevtlar, massajchilar, imo-ishora tili bo‘yicha mutaxassislar, art-terapevtlar faoliyat yuritadilar.
Markazda barcha xizmatlar bepul taqdim etiladi.
Xayriya ishlari bilan faol shug‘ullanadigan Lola Karimova-Tillayeva Instagram sahifasida ushbu markazdagi uch qavatli sport terapevtik basseyni to‘g‘risida ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
Karimova xorij tajribalaridan aynan nogiron bolalarning sog‘ligini tiklashga mo‘ljallangan basseynlar va ularning samaradorligini diqqat bilan o‘rganganini bildirdi. Shundan keyin O‘zbekistonda ham shunday basseyn qurishga qaror qilingan.
“Markazimizda 2012 yildan buyon maxsus terapevtik basseyn ishga tushganini va o‘z turida O‘rta Osiyo bo‘yicha yagona ekanini iftixor bilan ayta olaman”, — deb yozadi u.
Lola Karimova-Tillayeva nafaqat basseyn qurilishi, balki Markazning kichik bemorlari suzish bilan shug‘ullanayotganlarini suratlarini ham ommaga havola etgan.