Tennesida sayr vertolyoti falokatga uchradi

Jahon 07:41 / 05.04.2016 907

AQShda Bell 206 sayr vertolyoti falokatga uchrashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News telekompaniyasi xabar bermoqda.

Vertolyot Tennessi shtatida Severvill shahri yaqinidagi o‘rmonli hududda qulagan. Bu qutqaruvchilar ishini qiyinlashtirdi.

AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi xabarida aytilishicha, vertolyot qulagandan keyin yonib ketgan. 

Voqea joyida favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda.

Tennesi shtati butun dunyo sayyohlari orasida ommalashgan. Shtat hududida AQShda eng ko‘p tashrif buyuriluvchi Greyt-Smoki-Mauntins milliy bog‘i joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: