Toshkentda tadbirkorlarning 951 mln so‘m pulini qo‘lga kiritgan sobiq bosh hisobchi aniqlandi

Jamiyat 07:45 / 23.09.2024 3392

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, V.F., V.I. va V.V. MChJning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln so‘m pullarini o‘ziga tegishli bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: