Tadqiqot: Quyoshi “botmaydigan” shaharlar beshligi

Jahon 16:09 / 05.04.2016 14589

Kunning 90 foizi davomida charaqlab turadigan quyoshda isinish unchalik ham mushkul ish emas, albatta. Ammo, Yer sayyorasining eng quyoshli hududlarida istiqomat qilishning ijobiy tomonlari qatori, o‘ziga xos salbiy jihatlari ham yo‘q emas.

Jahon Meteorologiya Tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Yer sayyorasining eng quyoshli mintaqalari, asosan, AQShning janubi-g‘arbiy hududlari, shimoliy va g‘arbiy Avstraliya, janubiy va shimoliy Afrika hamda Yaqin sharkda joylashgan. Ushbu mintaqalarning aksari, kimsasiz cho‘lu-biyobonlardan iborat bo‘lsada, quyoshning doimo charaqlab turishi, u yerlardagi yakkam-dukkam ko‘zga tashlanuvchi shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi turmush tarziga qay darajada ta'sir qiladi?

1. Finiks, Arizona. AQSh
Arizona shtati janubi-g‘arbidagi kichikkina Yuma shaharchasini hisobga olmaganda, Finiks dunyoning eng serquyosh shahri hisoblanadi.

“Men, -deydi Katerin Kapozzi, -quyoshning kayfiyatimga ta'sir qilishini xayolimga ham keltirmaganman. Ammo, dunyoning eng seryog‘in hududlaridan biri bo‘lgan Norvegiyaning Bergen shahrida tahsil olish uchun o‘tkazgan bir yilim men uchun ayanchli kechdi. Melanxoliyaga chalinib, juda tushkun bo‘lib qolgan, biroq sababini bilmasdim. Hozir ham, bir kungina yomg‘ir yog‘ishi go‘yoki, uning barcha quvvatini olib qo‘ygandek his uyg‘otadi”, -deb hikoyasini davom ettiradi Katerin Kapozzi.

2. Darvin, Avstraliya
Qit'a mamlakatning aksar serquyosh shaharlari uning shimoliy hududlarida joylashgan: Elis Springsda bir yilda 3500 soat quyosh charaqlab turadi. Tenant Krikda bu raqam birmuncha ko‘p, 3,569 soat atrofida. Darvinda qo‘shni shaharlarga qaraganda, quyosh kamroq (3,097 soat) nur sochsada, bu yerda 150 mingga yaqin kishi yil mobaynida quyoshli kundan bahramand bo‘lib yashaydi.

“Siz, TVdagi ob-havo ma'lumotini ko‘rmasangiz ham bo‘ladi, chunki kun doim serquyosh va harorati 32 darajani tashkil etadi”, -deydi “Adventure Tours and Intrepid Travel” sayyohlik firmasi bosh mutaxassisi Rik Dilander. Ayni shu sababli ham, bu shahar aholisi “siz xavotirlanmang”, “juda oson”, “hammasi yaxshi bo‘ladi” kabi ijobiy kayfiyatdagi so‘zlarni ko‘p qo‘llasa kerak.

3. Nizva, Ummon
Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan ushbu davlatning barcha hududi serquyosh hisoblanadi. Bu esa, mamlakat aholisining umumiy kayfiyati va tabiatida ham ko‘rinadi, deyish mumkin.

“Ummonliklar juda ajoyib va mehmondo‘st halq”, -deb yozadi Nizvada o‘qituvchilik qiluvchi Nikol Bryuer I Luv 2 Globetrot blogida.

“Diniga amal qiluvchi musulmonlar sifatida ‘in shaa Alloh’ so‘zi tilidan tushmaydigan ummonliklar biron hodisa haqida xavotirlanishmaydi” –deb yozadi Nikol.

4. Oman, Iordaniya
O‘rtacha havo harorati 5 darajani tashkil etuvchi qishning qoq o‘rtasida ham Iordaniyada serquyosh kunlar hukm suradi. Odamlar ob-havo o‘zgarishidan xavotirlanmay bemalol sayr qilishlari mumkin.

“Ob-havoning qulayligi sababli, men ishgacha bemalol piyoda bora olaman”, -deydi Jawsaq Media and Art Production firmasi strategik rivojlantirish direktori G‘oda Al Kurd.

Balkim, iordaniyaliklarning aksariyati shuning uchun ham juda do‘stona va xotirjam insonlardir. Garchi bu shaharda ham tirbandliklar yuzaga kelsada, uni deyarli sezmaysiz ham, deb hikoya qiladi Al Kurd.

5. Yohannesburg, Janubiy Afrika
Quyoshning doimo charaqlab turishi, doimo jaziramada yashashni anglatmaydi, xavotir olmang. Aslida, JARning eng yirik shahri bo‘lgan Yohannesburg mamlakatning eng mayin iqlimli shahri ham hisoblanadi. “Ba'zan, havo har xil bo‘lib qoladi, yaxshi, tund, issiq, sovuq”, -deydi mahalliy aholi vakili Jin Barnad. Bu yerda har doim quyoshli deyish noto‘g‘ri, ba'zida insonlar kayfiyatiga ham salbiy ta'sir etuvchi ketma-ket yomg‘irli kunlar bo‘lib turadi, deb hikoya qiladi Jin.

Ko‘proq yangiliklar: