Surxondaryo viloyatida daydi it yetti nafar kishini tishladi

Jamiyat 17:11 / 05.04.2016 1170

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ko‘chada daydib yurgan it yetti nafar kishini tishladi. Voqealar rivoji 25 martdan boshlangan, ammo unga bugunga kelib oydinlik kiritilmoqda. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam kshrsatilgan va quturishga qarshi emlatilgan. Bu haqda respublika FVV matubot xizmati xabar bermoqda.

«Uy itlarining o‘z vaqtida vaksina qilinishi farzandlaringiz va yaqinlaringizni qo‘rqinchili kasallik bo‘lmish qutirishdan asraydi», — deyiladi vazirlik bergan axborotda.

Vaziyat yuzasidan viloyatda daydi itlarni bartaraf etish chora-tadbirlari kuchaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: