O‘zbekiston va Vengriya jinoyatchilik oldini olish bo‘yicha qo‘shma izlanishlar olib boradi

O‘zbekiston 08:43 / 23.09.2024 1164

Kriminologiya tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Berdialiyev Vengriya Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi (Politsiya akademiyasi) boshlig‘i general-mayor Gabor Kovach bilan muzokara o‘tkazdi.

"Vengriya va O‘zbekiston nafaqat strategik hamkor davlatlar, balki undan ham yaqinroqdir, ya’ni qardosh xalqlardir. Biz ota-bobolarimiz Enasoy va Ural daryolari atrofida yashagan turkiy xalqlardan kelib chiqqanidan faxrlanamiz. Bu buyuk tariximizni biz avlodlar hech qachon unutmaymiz. O‘zbekistonliklar uchun eshiklarimiz doimo ochiq. Barcha sohalarda hamkorlikka tayyormiz",  dedi akademiya boshlig‘i.

Vengriya tomoni bilan giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan suhbat o‘tkazish orqali jinoyatni oldini olish sohalarida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish yuzasidan ahdlashib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: