Saudiyaliklar "Al-Qoida"ning Yamandagi bazalariga zarba berishni boshladi

Jahon 08:35 / 05.04.2016 1028

Harbiy samolyotlar "Al-Qoida"ning Yaman janubiyadagi qarorgohlariga bir necha marta zarba yo‘lladi.

Reyter agentligining mahalliy aholiga asoslanib xabar qilishicha, 2ta samolyot mamlakat sobiq prezidentining Zanjibardagi qarorgohi bo‘lgan binosiga raketalar uchirgan. Ayni vaqtda bu joyda "Arabiston yarimororlidagi Al-Qoida" guruhi joylashib olgan.

Ayni vaqtda hujum natijasida yo‘q qilingan jangarilar soni aniq keltirilmagan. Bundan tashqari, shu vaqtda El-Mukalla port shahridagi jangarilarning bazalariga havodan hujum qilingan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu zarbalar Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya tomonidan amalga oshirilgan.

Bundan oldinroq, BAAning Yamanda qulab tushgan qiruvchi samolyoti "Al-Qoida" tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: