Samolyot o‘rindig‘iga sig‘magan britaniyalik qiz 83 kilogrammga ozdi

Jamiyat 16:36 / 05.04.2016 1651

Hartfordshir (Buyuk Britaniya) grafligida iste'qomat qiluvchi Ember Rouz ortiqcha vazni tufayli samolyot o‘rindig‘iga sig‘mayotganligi uchun 83 kilogrammga ozdi va osilib qolgan terisini yo‘qotish uchun 11 ming dollar sarfladi. Bu haqida 4 aprel kuni Daily Mail nashri xabar berdi.

24 yoshli Emberdan samolyotda uchish uchun ikkita chipta sotib olishi kerakligini talab qilishgan, chunki uning ortiqcha vazni tufayli parvozni bir o‘rindig‘da xavfsiz o‘tkaza olmas edi.

Do‘sti uning kundalik ratsioni tushirilgan suratni internetga joylashtirganidan so‘ng og‘irligi 159 kilogramm bo‘lgan britaniyalik qiz ortiqcha vaznning asosiy sababi noto‘g‘ri ovqatlanishi ekanligini payqab qoldi. O‘z menyu va qomatini tashqaridan ko‘rganidan so‘ng, Rouz trenajyor zaliga qatnay boshladi va muammoli kaloriyalar miqdorini qisqartira boshladi.

U ozganidan keyin tanadagi ortiqcha terilarni yo‘qotish va qorin terisini torttirish operatsiyasini amalga oshirishga qaror qildi.

“Shu reysda yoz oyida uchishni va o‘zimning yangi qomatim bilan maqtanishni juda ham xohlar edim”, - deydi Rouz.

Uning aytishicha, kosmetik amaliyotlar uchun ketadigan mablag‘ni uzoq yillar yiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: