Samarqandlik chol-kampir nikoh to‘ylarining 70 yilligini nishonlashdi

Jamiyat 17:03 / 05.04.2016 2627

Samarqand viloyatining Urgut tumani «Qoratepa» qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 90 yoshli Xo‘janazar ota G‘oipov va Hafiza aya G‘oipova nikoh to‘ylarining 70 yilligini nishonlashdi, deya xabar tarqatmoqda «Samarkandskiy Vestnik».

Salkam bir asr umr ko‘rgan Xo‘janazar ota 50 yillik hayoti davomida haydovchilik qilib kelgan 87 yoshli Hafiza aya bilan shu kungacha 9 farzandni katta qilishgan.

Xo‘janazar otaning bergan ma'lumotiga ko‘ra, hozirgacha ularning salkam 70 nafar nevara va chevaralari mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: