Saida Rametova: “Komediyalarda o‘ynashni to‘xtatmoqchiman...”

Jamiyat 20:17 / 05.04.2016 4837

Teatr va kino olamida turli obrazlarda namoyon bo‘lgan aktrisa Saida Rametova o‘zining ayrim rollaridan ko‘ngli to‘lmasligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.

— Teatrda ko‘plab rollar ijro etganman. “Uvaysiy”dagi Uvaysiy, “Qirol Lir”dagi rollarim o‘zimga yoqadi, — deydi aktrisa. — Kinolarda esa “Farzandim”, “Farishta”dagi Saida qahramoni meni aktrisa sifatida quvontiradi. Afsuski, ba'zi hollarda nafaqat tomoshabin, balki o‘zim ham qoniqmaydigan rollarimni ko‘rib, biroz ko‘nglim cho‘kadi.
“Uqubat” filmidagi ijromdan afsuslanganman. Biroq ko‘pchilik “Kimdir shunday rollarni ham o‘ynashi kerak, opa”, deganidan so‘ng biroz taskin topdim. Endi komediyalarda o‘ynashni to‘xtatmoqchiman”, deb ta'kidladi aktrisa.

Ko‘proq yangiliklar: