Usmonov Rossiyada jahonning eng yirik kiberstadionlaridan birini barpo etadi

Jahon 19:11 / 05.04.2016 1059

ESforce tashkiloti jahondagi eng yirik kiberstadionlardan birini shu yilning kuzida foydalanishga topshiradi. Alisher Usmonov va do‘stlarining USM xoldingi ESforce tashkilotining sarmoyadori hisoblanadi.

5 ming kvadrat metr maydonga ega arena qurilishi uchun 5 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflash rejalashtirilgan.

ESforce Holding (avv.nomi—Virtus.pro Group) kompaniyasi 2016 yil oktabrida Moskvada kibersport sohasida yirik arena ochishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida RBK agentligiga kompaniya vakili ma'lum qildi. «Timiryazevskaya» metrosi yaqinida qurilayotgan arena, maydoni jihatidan jahonda eng yirigi bo‘lishga da'vo qilishi mumkin. ESforce vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQShdagi eng yirik kibersport arenasi— Esports Arena`ning maydoni 1,4 ming kv. metrga yaqin bo‘lsa, MLG.tv Columbus Arena`ning umumiy maydoni undan ham kichik 1,3 ming kv. metrni tashkil etadi.

"Alisher Usmonov va do‘stlarining USM xoldingi, 2015 yil kuzida, kibersport sohasida Rossiyaning Virtus.pro jamiyati rivojiga 100 million dollarga yaqin sarmoya kiritgan edi", deb yodga oladi RBK agentligi.

O‘shanda, Virtus.pro`ning sheriklikdagi egasi va boshqaruvchi direktori Anton Cherepennikov, USM mablag‘lari yangi musobaqalar, ularni yoritish uchun mediakanallari tashkil etish va kibersport arenalari qurilishiga jalb etilishini aytgandi.

Moskvada barpo etilayotgan stadionning ishchi nomi— Arena Moscow bo‘lib, uning yakuniy nomi Yota brendi bilan bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda. Esforce vakili sarmoya miqdorini keltirgan bo‘lsada, sarf-xarajatlar qachon o‘zini oqlashiga oydinlik kiritmagan.

2015 yilgi kibersport bozori 612 million dollarni tashkil etgan, ularning mukofot jamg‘armasi 42 million dollarga yetgan. Kompyuter musobaqalari auditoriyasi esa, 2013 yilgi 70 milliondan 2015 yilda 130 million kishidan ortib ketgan. SuperData Research tadqiqotchilarining fikricha, 2018 yilga kelib, mazkur soha qiymati 1,9 mlrd dollarga yetadi. Aytish joizki, USM xoldingi soha rivojiga sarmoya kiritayotgan yagona kompaniya emas.

Rossiyalik tadbirkor Yuriy Milner shu sohaga pul tikkanlardan biridir. U, 2015 yil avgustida Vainglory mobil o‘yini kabi bir nechta o‘yinlarni ishlab chiqqan Super Evil Mega Corp. kompaniyasi sarmoyadorlaridan biriga aylandi. Ushbu kompaniyaga kiritilgan ilk transh CrunchBase ma'lumotlariga ko‘ra, 26 million dollarni tashkil etgan. 2014 yilda esa, World of Tanks o‘yinini ishlab chiqargan Wargaming kompaniyasi, videoo‘yinlarni saqlash va boshqa o‘yinchilarga havola qilish imkonini beruvchi Kamcord loyihasiga sarmoya kiritgandi. Kamcordga pul tikkanlar orasida, Mail.Ru Group aksionerlaridan biri – Xitoyning Tencent xoldingi va Yaponiyaning GungHo Online Entertainment nashri ham bor edi. Sarmoyalarning umumiy miqdori 15 million dollarni tashkil etgandi.

ESforce kibersport sohasida Rossiyaning yetakchi kompaniyasi

Kibersportning ham yengil atletika singari turlari ko‘p. Ularning orasida eng mashhurlari League of Legends, World of Tanks, DoTA2, CS: GO, Hearthstone, SC2 hisoblanadi, deb, Wargaming.net ning eSports-MDH bo‘limi rahbari Aleksey Kornyshev so‘zlaridan iqtibos keltiradi RBK axborot agentligi. Onlayn o‘yinlar ishlab chiqaruvchi har bir kompaniya o‘z auditoriyasiga ega, ular bir-birini takrorlamaydi.
«Bu yerda ham, oddiy sportdagi kabi qoidalar amal qiladi, figurali uchish muxlislari xokkey tomosha qilishga bormaganlari kabi, World of Tanks ishqibozlari League of Legends musobaqalariga e'tibor bermasliklari aniq», — deydi Kornyshev.

Rossiya kompyuter sporti yetakchisi ESforce Holding kompaniyasi esa, dunyoning yirik kibersport tashkilotlaridan biri sanaladi. Xolding Epic Esports Events operatori vositasida xalqaro va mahalliy kibersport musobaqalarini tashkil etadi. Shuningdek, kibersport tashviqoti va reklamasi bilan shug‘ullanadi(Virtus.pro va Na'Vi kabi yetakchi klublarini tashviqot qilish huquqiga ega). Bundan tashqari, ushbu sohaga oid mahsulotlar savdosini amalga oshiradi.

ESforce 40 millionga yaqin tomoshabinga ega, 180 dan ortiq internet resurslariga egalik qiladi. Bularning bari, Rossiya va MDH hududida kibersport shinavandalarining 80 foizi hamda xalqaro tomoshabinlar auditoriyasini qamrab olish imkonini beradi, deyiladi Esforce axborotida. Xususan, xolding tarkibiga media mahsulotlari ishlab chiqaruvchi RuHub va Storm Studiolar ham kiradi. Ularning mijozlari soni 400 mln kishidan ortadi. 2016 yilning o‘zida ESforce axborot ko‘ngilochar mazmundagi dasturlar tayyorlovchi sakkizta yangi studiya ochishni rejalashtirgan.

2016 yil may oyida esa, ESforce Moskva shahrida mukofot jamg‘armasi sharqiy Yevropada eng yirik, 500 ming dollarni tashkil etuvchi Epicenter xalqaro kibersport musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirgan. Musobaqa finalida, Shvetsiyaning Alliance, Amerikaning Evil Geniuses, Yevropaning Team Secret va OG kabi jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: