Pike: «Messi - odam emas, Ronaldu esa - odamlarning eng yaxshisi»

Sport 17:11 / 05.04.2016 2157

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jyerar Pike Lionel Messi va «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqoslab ko‘rdi.

«O‘ylashimcha, ularning ikkalasi ham aqlbovar qilmas saviyadagi futbolchilar. Biz nafaqat ikki jahonning eng kuchli futbolchilari, balki futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilar haqida gapirmoqdamiz.

Men har doim aytganman, Messida bor iqtidor boshqa hech kimda yo‘q. U aqlbovar qilmas tezlikda to‘pni boshqara oladi. U to‘pni ikki metrdan ortiq uzoqlashtirmaydi. Leoni to‘xtatish juda murakkab. Undagi iqtidorni boshqa hech kimda ko‘rmaganman.

Ronaldu – boshqa, butunlay boshqa futbolchi. U baland bo‘yli, kuchli – yetuk. U nima xohlasa, shuni bajara olishi mumkin. U penaltidan, jarimadan va yakkama-yakka vaziyatda gol ura olishi mumkin.

Shaxsan men Messi – odam deb o‘ylamayman, Ronaldu esa odamlar ichidagi eng kuchli futbolchi. Messi o‘zga sayyoralik», – deya gapirib o‘tgan Pike.

Ko‘proq yangiliklar: