Obama Tramp hech qachon prezident bo‘lmasligiga ishonmoqda

Jahon 08:01 / 05.04.2016 1612

AQSh prezidenti Barak Obama uning o‘rnini "janjalkash" milliarder Donald Tramp egallashi mumkinligidan xavotirlanmayapti.

Oq uy boshlig‘i Trampning prezidentlik poygasida muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga ishonchi komil. Bu haqda OAV uchun o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest ma'lum qildi.

"Prezident Tramp AQSh prezidenti bo‘lishi mumkinligidan uncha xavotirlanmayapti. Uning fikricha, bu yuz bermaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Ernest.

Tramp respublikachilar partiyasidan prezidentlik saylovlariga nomzodi qo‘yilishga asosiy da'vogarlardan sanaladi. U praymerizda yetakchilik qilmoqda.

Amerikalik siyosatchilar Trampning qiziqqon fe'li sababli Respublikachilar partiyasida ixtilof yuzaga kelishidan jiddiy xavotirlanishmoqda. Magnatning o‘zi nafaqat o‘zining hamkasblarini, balki xalqaro tashkilotlarni ham tanqid qiladi. Mart oyida u NATOni eskirib qolgan tashkilot deb aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: