OAV: Suriyada qulagan Su-22 samolyoti uchuvchisi katapulta qilingan va u qidirilmoqda

Jahon 19:42 / 05.04.2016 1117

Halab yaqinida qulab tushgan Su-22 samolyoti halokati vaqtida uning uchuvchisi katapulta qilingan. Mahalliy nashrlarga asoslanib, The Mirror yozishicha, u yerga tushgach, asirga olingan bo‘lishi mumkin.

Bundan oldinroq, qulagan Suriya samolyoti Ozod Suriya armiyasi tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ayni vaqtda Surikya hukumati uchuvchini qidirish ishlarini boshlagan.

Reuters xabariga ko‘ra, uchuvchi "Jyebhat an-Nusra" jangarilari qo‘liga tushgan.

Suriyada harbiy samolyot qulab tushdi

Ko‘proq yangiliklar: