Nissan kompaniyasi Nismo atelesi mutaxassislarining GT3 yo‘nalishi bo‘yicha GT-R Nismo superkarini jamlashgani videoroligini e'lon qildi. Avtomobilni yig‘ishga ketgan butun bir jarayon uch daqiqali rolikda jamlandi.
Poygachi avtomobil hisoblanuvchi Nissan GT-R olti silindrli, 3,8 litrli va 550 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan.