LG G5 flagman smartfonining barcha reklama roliklarida uning butunlay metall korpusga ega ekanligi haqida aytiladi. Ammo shu ma'lum bo‘ldiki, kompaniya alyumin konstruksiyaning ustini qalin plastik qatlam bilan bo‘yagan ekan. Bu esa foydalanuvchilarda ko‘pgina savollarni keltirib chiqardi. Janubiy Koreya kompaniyasi vakillari darhol bu savolga o‘z javoblarini berishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya LG G5 kopqog‘i plastik bilan emas, balki gruntovka bilan qoplangan. Chunki smartfonni yaratishda ular maxsus alyumindan foydalanishgan.
“Siz ko‘rib turgan qoplam plastik emas, balki gruntovka hisoblanadi. Gruntovka alyuminiy bilan bo‘yoqni bog‘lovchi vosita hisoblanadi. Biz korpusni yaratishda Koreya sanoat texnologiyalari institutida avtomobil va samolyotlar uchun ishlab chiqilgan LM201b alyumin qotishmasidan foydalandik. Uning boshqa smartfonlardagi alyumin qotishmalaridan farqi shuki, u butun shaklning katta bosimi ostida tayyorlanadi. Bu esa uni juda ham mustahkam va yengil qiladi. Agar mahsulot bo‘yalgan bo‘lsa, demak metaldan tayyorlangan emas degan fikrni noto‘g‘ri deb o‘ylaymiz. Masalan, bu avtomobil va samolyotlar bo‘yalgan bo‘lsa, demak ular metalldan yasalgan emas degandek. Eslatma uchun, hattoki anodlangan alyumin ham qiriladi. Bizning ishlab chiqarish jarayonimiz boshqalarnikidan ajralib turishi mumkin, lekin biz o‘z maqsadimizga erishdik. Tekis qoplamali, yengil va choklarsiz metall korpusni ishlab chiqardik. Biz boshqalarga o‘xshashlikka intilmadik. Qachondan beri bu yomon odatga aylandi?”, - deb e'lon qildi kompaniya vakillari.