Kuyov-to‘ra to‘yiga hushsiz otasini olib keldi

Jahon 17:33 / 05.04.2016 1877

Saudiyalik kuyov agar kasalligi tufayli komada yotgan otasi ishtirok etmasa, o‘z to‘yiga borishdan bosh tortdi.

Buning uchun u doktorlarga ancha iltimos qilishiga to‘g‘ri keldi.

Abdulloh Al Hayyas Dammamning sharqiy portidagi kasalxonasi shifokorlariga otasisiz to‘yga bormasligini tushuntirib, uni olib ketishga ruxsat berishlarini so‘radi.

Doktorlarning rozi bo‘lishdan boshqa chorasi qolmadi. Komadagi ota shifokor nazorati ostida to‘yxonaga yetkazildi, deb xabar beradi Alayum kundalik nashri.

Ko‘proq yangiliklar: