O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vaziri Li Gi Kvon rahbarligidagi delegatsiya 2 aprel kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri A. Abduxakimov ishtirokida mehmonlar dastlab Samarqand shahrida Koreya Xalqaro Hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida tashkil etilayotgan Kasb-hunarga o‘qitish markazining qurilishi va Samarqand Avtomobil kolleji faoliyati bilan tanishishdi.
Shundan so‘ng, Amir Temur maqbarasi, «Registon» maydoni, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi va «Afrosiyob» muzeyini ziyorat qilishdi hamda Siyob dehqon bozori bilan tanishishdi.
Delegatsiya a'zolari shu kunning o‘zida Toshkent shahriga qaytib ketishdi.