4-9 aprel kunlari “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari Jizzax viloyatidagi ta'lim muassasalarida o‘tkaziladi. Bu haqda Yoshlar madaniyat va san'at markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Targ‘ibot tadbirlarining birinchi kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, G‘allaorol tumanlaridagi 49 ta umumta'lim maktabida, “Mehribonlik uyi”, 18 ta kasb-hunar kolleji va 4 ta akademik litsey, oliy o‘quv yurtlari hamda madaniyat va aholi dam olish markazida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda 75 nafardan ziyod taniqli san'atkor va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, ularda jami 20 ming nafarga yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida joylardagi ta'lim muassasalarida yurtimizda mustaqillikkacha bo‘lgan davr hamda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarni aks ettiruvchi “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli fotoko‘rgazmalar, videoroliklar, yoshlarni vatanparvarlikka undovchi, tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrashga da'vat etuvchi, g‘arazli g‘oyalar va turli kuchlarning jinoyatkorona harakatlarni fosh etuvchi “Gumrohlar”, “Sotqin”, “Balli Kamoliddin!”, “Shunqorlar” kabi badiiy filmlar, “Kim edigu kim bo‘ldik” mavzusidagi rolik Jizzax shahri, Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, G‘allaorol tumanlaridagi umumta'lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylar va “Mehribonlik uyi»da namoyish etildi.
Jizzax viloyatidagi targ‘ibot tadbirlari 9 aprelga qadar davom etadi.