Hindistonda 10 sikhning o‘limida ayblangan 47 nafar politsiyachi qamaldi

Jahon 17:54 / 05.04.2016 1759

BBC News nashrining xabar berishicha, bir guruh hindistonlik politsiya xodimlari sikh-piligrimlarning o‘limida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

1991 yilda politsiya xodimlari farzandlari bilan Uttar-Pradesh shtati yo‘nalishida harakatlanayotgan sikhlarning avtobusini to‘xtatgan. Politsiyachilar ularning orasidan 10 sikhni ajratib olib, jungliga borishga majbur qilishgan va o‘sha yerda ularni otib tashlashgan.

O‘z qilmishlarini oqlash asnosida qonun himoyachilari ularning asirlari qurollangan bo‘lgani va qarshilik qilganlarini bildirdi. Sud politsiya xodimlarini terroristlar o‘limi evaziga mukofot olish maqsadida qasddan uyushtirganlikda aybladi. Jami 47 nafar huquq-targ‘ibot xodimlari javobgarlikka tortildi. Bu ishga dastlab 57 kishi jalb qilingandi, biroq ularning 10 nafari qaror chiqarilguncha bo‘lgan davrda vafot etdi.

Ko‘proq yangiliklar: