"Knauf" O‘zbekiston kompaniyasi mashhur arxeolog, arxeologiya fanlari nomzodi Yelizaveta Nekrasova hammuallifligida “Buxoroning me'moriy atlasi”ni taqdim etdi.
30 mart kuni O‘zbekiston amaliy san'ati muzeyi "Knauf" tashabbusi bilan nashr etilgan dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri - Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘yicha qo‘llanma taqdimoti mehmonlarini qabul qildi. “Buxoroning me'moriy atlasi” hayotini O‘zbekiston va ayniqsa, Buxoro tarixi va arxeologiyasini o‘rganishga bag‘ishlagan Toshkent restavratsiya institutining arxeolog-olimi Yelizaveta Nekrasova tomonidan tuzilgan. Nashr keng kitobxonlar auditoriyasi - sayyohlardan boshlab me'morchilik sohasidagi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Atlas kishilarga Buxoroning tarixiy ahamiyati, uning rivojlanishi bosqichlari haqida, shuningdek, qadimiy shaharning ulug‘vorligi va xilma-xilligini yana bir bor eslatishga qaratilgan.
Taqdimotda Buxoro va Toshkentning ko‘zga ko‘ringa zamonaviy me'morchilik ustalari, jurnalistlar, jamoat arboblari va ishbilarmonlar ishtirok etdilar. Tadbirda tabrik nutqi bilan xalqaro "Knauf" guruhining boshqaruvchi hamkori Manfred Grundke, «Me'moriy atlas» muallifi Yelizaveta Nekrasova va boshqalar yig‘ilganlarga murojaat qildilar.
Kompaniya rahbari Nikolaus Knauf me'moriy atlas o‘quvchilariga yo‘llagan tabrik so‘zida shunday deydi: «Buxoro - bu ajoyib me'morlarchilik uslublarining jo‘shqinligi, hashamatdorlik va zohidlikning ajoyib uyg‘unligi, turli-tuman binolarning birlashmasidir. "Knauf" ushbu ajoyib qo‘llanmaning nashr etilishida bevosita ishtirok etar ekan, kompaniyamiz tomonidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga kichik hissa ko‘shmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”.