BlackBerry sentabr oyida telefon biznesi taqdirini hal qiladi

Fan-texnika 19:29 / 05.04.2016 782

Smartfon va korporativ PO ishlab chiqaruvchisi BlackBerry hisobot yilini zarar bilan yakunladi. Moliyaviy muammolar fonida Kanada kompaniyasi telefon bozoridan ketish haqida o‘ylab qoldi, mazkur masala bo‘yicha so‘nggi qaror sentabr oyida ma'lum qilinadi.

Moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra BlackBerry 208 million dollar ziyon ko‘rgan. Sotuvlar 2,16 milliard dollargacha 35 foizga kamaygan.

O‘tgan yilning 4-choragida 238 million dollar hajmda zarar ko‘rgan, vaholanki bir yil ilgari BlackBerry 28 million dollar daromadni qayd etgan. Daromad 660 million dollardan 464 million dollarga pasaygan, bu kutilganidan 100 million dollarga kam.

BlackBerry rahbari Jon Chenning aytishicha, kompaniya zararsiz ishlashi uchun yiliga 300 dollar qiymatga ega 3 million smartfon sotilishi kerak.

Telefonlarning kam sotilishi BlackBerry’ning bu bozordan ketishi haqidagi gap-so‘zlarni keltirib chiqargandi. Jon Chen gadjyetlar ishlab chiqarish to‘xtatilishi quruq gap emasligiga ishora qildi. "Men uchun eng muhimi — kompaniyani telefon biznesida sentabr oyidan keyin ham saqlab qolish, lekin shu bilan birga men realist hamman. Bu biznesda qolib pullarimni ko‘kka sovurish niyatim ham yo‘q", — dedi BlackBerry rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: