Belgiya Yevro-2016 turnirida g‘olib chiqsa, futbolchilar 704 ming yevrodan mukofot oladi

Sport 19:21 / 05.04.2016 971

Belgiya terma jamoasi futbolchilari 2016 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lish evaziga oladigan mukofot pullari miqdori ma'lum qilindi. Mahalliy nashrlarda yozilishicha, belgiyalik futbolchilarning har biri turnirdagi g‘oliblik evaziga 704 ming yevrodan mukofot oladi.

Taqqoslash uchun, turnirdagi g‘oliblik uchun Germaniya terma jamoasi futbolchilariga 300 ming yevrodan mukofot puli va'da qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Belgiya terma jamoasi FIFA reytingida birinchi o‘rinda joylashgan.

Fransiya maydonlarida o‘tkaziladigan chempionatda g‘olib bo‘lish imkoniyatlari yuqori baholanayotgan termalar qatorida mezbonlar va belgiyaliklardan tashqari Germaniya, Ispaniya va Angliya terma jamoalari nomi qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: