Armaniston Bokuning tahdidlariga "munosib javob berishga" va'da berdi

Jahon 07:39 / 05.04.2016 888

Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Artsrun Ovannisyan agar Ozarbayjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ni o‘qqa tutishni to‘xtatmasa, mamlakat "munosib javob berishini" aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Ozarbayjon mudofaa vaziri buyrug‘i Boku Qorabog‘da janglar ketayotganini endigina tushunganini anglatadi. Biroq Ozarbayjonda shuni bilishlari kerakki, Armaniston zarbaga yanada kuchliroq zarba bilan javob beradi", deb aytdi Ovannisyan.

Ovannisyan Armaniston mudofaa vaziri o‘rinbosari David Tonoyan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisining shaxsiy vakili Andjyey Kasprshikani Bokuning tahdidlaridan xabardor qilganini ma'lum qildi.

Avvalroq Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov agar Armaniston Ozarbayjon aholi punktlarini o‘qqa tutishni to‘xtatmasa, Tog‘li Qorabog‘ning poytaxti Stepanakert va boshqa hududlariga artilleriya zarbasi berishni boshlashga buyruq berishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: