Angliyada 30 yil bo‘sh yotgan qishloqni sotuvga qo‘yishdi

Jahon 18:14 / 05.04.2016 1021

Angliyaning Yorkshir grafligidagi 150 yildan beri bir oilaga tegishli bo‘lgan Vest-Xeslerton qishlog‘ini sotuvga qo‘yishdi. Bu haqida PressTV xabar berdi. Qishloqning sotuvdagi narxi 20 million funt (28,4 million dollar) deb baholanmoqda.

Manzilgoh 850 gektarni tashkil etib, uning 45 gektari o‘rmon hisoblanadi. Qishloqda 43 ta uy joylashgan. Bundan tashqari, unda 21 ta yotoqxonasiga ega bo‘lgan katta uy, AQSh, cherkov, maktab, o‘yin maydoni va boshqa inshootlar mavjud.

Bir necha yillar bo‘sh bo‘lganligiga qaramay qishloq ajoyib holatda saqlangan.

Bunday katta manzilgohlarni sotuvga qo‘yish holatlari ilk bor sodir bo‘lmayapti. Shu yilning mart oyida Amerikaning Nevada shtatidagi Kel-Nev-Ari shaharchasi sotuvga qo‘yilgan. Uning narxi sakkiz million dollar qiymatida baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: