Agent 007 mina va bombalarga qarshi kurashadi

Jahon 16:26 / 05.04.2016 912

Agent 007 roli bilan mashhur britaniyalik aktyor Deniyel Kreyg BMTning minasizlantirish bo‘yicha ishlarini faolroq qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

2015 yilda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Kreygni minalarni hamda portlash xususiyatiga ega urush aslahalarini yo‘q qilish bo‘yicha global kurashchisi etib tayinladi.

Endi aktyor BMTda tegishli mazmunda chiqishlar qilmoqda.

Kreygning so‘zlariga ko‘ra, Suriya, Iroq, Liviya va Somali kabi mamlakatlardagi holat mazkur soha hamon moliyalashtirishga muhtojligini ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: