Britaniya boshpanasida yashovchi Tilli laqabli mushukdan umumiy hisobda 30 ming marta bosh tortishgan. Bu haqda The Mirror xabar berdi.
Hozir mushuk 24 yoshda, 21 yil boshpanada yashagan. Qarib qolganiga qaramasdan u hamon o‘ziga uy qidirmoqda.
Mushukni 1995 yili topib olishgan. Uni boqib olmoqchi bo‘lganlarga qiziqish bildirmagan, unga ko‘rsatilgan e'tiborni ham “nazariga ilmagan”.
Markaz rahbari Joys Klarkning so‘zlariga ko‘ra, hozir Tilli boshqa mushuklarga g‘amxo‘rlik qila boshlagan. Bundan tashqari, Klark Tillini Britaniya boshpanasidagi eng yoshi ulug‘ mushuk deb atadi.
Markaz qoidalariga ko‘ra, sog‘lom hayvonlarni uxlatilmaydi (bir umrga uxlatish). Tillining esa sog‘lig‘i joyida.