Turkiya hukumati va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan muhojirlar to‘g‘risidagi bitimga asosan, birinchi ikkita kema Gretsiyadan Turkiyaga muhojirlarni yetkazish uchun yo‘lga chiqdi.
135 nafar muhojirlar kemada Lesbos oroli tomon yo‘l oldi, deb xabar beradi Reuters.
Shartnomaga ko‘ra, viza cheklovlarining bekor qilinishi, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga qo‘shilish muzokaralarining tezlashuvi hamda va'da qilingan 3 milliard yevroga yana shuncha miqdorda mablag‘ qo‘shib olish evaziga Anqara Gretsiya qirg‘oqlariga noqonuniy kelgan qochqinlarni qaytarishga rozi bo‘lgan.