“Barselona” himoyachisi Xerard Pike Ispaniya chempionatining 31-turida "Real" qarshi kergan uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. "Kamp Nou"da 2 aprelda bo‘lib o‘tgan uchrashuv madridliklarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Madridliklar shu tariqa "Barsa"ning 39 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yishdi. "Barsa"ning bu natijasi ispan klublari orasida rekord natija hisoblanadi.
"Hisob 1:2, biroq bizda durangga erishish uchun imkonlar bo‘lgandi. Shunga qaramay, "Real" g‘alabasi adolatli. Ramos maydondan chetlatilgandan keyin biz ko‘pchilik bo‘lib to‘g‘ri o‘ynay olmadik. Oldinda "Atletiko" bilan muhim uchrashuv bor, "Barselona" xotirjamlikni saqlamoqda. Albatta, biz yutishni istagandik, chunki bu "klasiko". biroq abadiy yutaver mumkin emas", deb aytdi Pike.