Ozarbayjon Qorabog‘ hududida harbiy harakatlarni bir tomonlama to‘xtatishga qaror qildi

Jahon 16:49 / 03.04.2016 1631

Ozarbayjon tomoni Qorabog‘ tog‘li hududida yuzaga kelgan harbiy harakatlarni bir tomonlama to‘xtatish qaroriga keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Vagif Dyargaxli ma'lum qilgan.

«Tinchlikparvarlik hamda xalqaro tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Ozarbayjon hukumati harbiy harakatlarni bir tomonlama to‘xtatishga qaror qiladi va yaqin vaqt ichida hududni tark etadi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “agar Armaniston tomoni harbiy harakatlarni to‘xtatmay, o‘z bilganidan qolmasa, unda Ozarbayjonning javobi o‘ta qattiq bo‘ladi”.

Ko‘proq yangiliklar: