OAV: Mavrikiyda MH370 reysi samolyotining ehtimoliy yangi bo‘laklari topildi

Jahon 12:29 / 03.04.2016 1553

Hind okeanidagi Mavrikiy orolida ikki yil avval izsiz yo‘qolib qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyotining bo‘laklari deb ehtimol qilinayotgan yangi bo‘laklar topildi. Bu haqda New Straits Times nashri xabar bermoqda.

Taxmin qilinishicha, topilgan bo‘laklar samolyot kabinasi yoki saloni bo‘laklari bo‘lishi mumkin.

"Biz bu nima ekanligini hali aniq bilmaymiz. Biz Mavrikiy aviatsiya boshqarmasi bu bo‘laklarni o‘z qo‘rig‘iga olmaguncha buni kutishimiz kerak bo‘ladi", deb aytdi Malayziya fuqarolik aviatsiyasi boshvqarmasi boshlig‘i Azharuddin Abdulrahmon.

Avvalroq Avstraliya hukumati Mozambikda topilgan bo‘laklar yo‘qolgan MH370 reysiga tegishli bo‘lishi mumkinligini aytgandi. O‘z navbatida, Malayziya hukumati JAR va Mozambik sohillari yaqinida samolyotning yangi bo‘laklarini topish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Bortida 227 yo‘lovchi va ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 samolyoti 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi parvoz vaqtida radarlar ekranidan yo‘qolib qolgan. Samolyot MH370 reysi bilan Kuala-Lumpurdan Pekinga ketayotgan bo‘lgan. Samolyot bilan aloqa uzilgandan keyin uning kelgusi taqdiri hanuzgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: