«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyyer Bundesliganing 28-turida «Ayntraxt» bilan uchrashuvda o‘z darvozasidan birorta to‘p o‘tkazib yubormadi. Uchrashuv 1:0 hisobi bilan myunxenliklar foydasiga yakunlandi.
Bu o‘yin darvozabon uchun Bundesliga doirasidagi 150-«quruq» uchrashuv bo‘ldi.
Ayni vaqtda Noyyer bu borada «Karlsrue» va «Bavariya» jamoalarining sobiq darvozaboni Oliver Kan va «Offenbax Kikkers», «Verder» va «Shalke» jamoalari darvozalarini qo‘riqlagan Oliver Rekdan ortda qolmoqda.
Rekning hisobida 172 ta «quruq» o‘yin, Kanning hisobida esa 196 ta shunday o‘yin bor. Noyyer bundesligada o‘tkazgan 311 ta o‘yinidan 150 tasida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan.