Gretsiya WikiLeaks’da Xalqaro valyuta jamg‘armasida agar Gretsiya yangi tejamkorlik choralariga rozi bo‘lmasa, mamlakatda bankrotlik uchun sharoit yaratish muhokama qilingani haqidagi ma'lumot chop etilganidan keyin XVJdan tushuntirish berishni talab qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, XVJning Yevropadagi rahbari Pol Tomsen, jamg‘armaning Gretsiyadagi missiyasi boshlig‘i Deliya Velkulesku va bo‘lim boshlig‘i Iva Petrova 19 martdagi yig‘ilishda Gretsiyaga qanday bosim o‘tkazishni muhokama qilishgan. Variantlardan biri sifatida agar Gretsiya qat'iy tejamkorlik choralariga rozi bo‘lmasa, unga bankrotlik bilan tahdid solish varianti ko‘rib chiqilgan.
"Gretsiya hukumati XVJdan Gretsiyada, Britaniyada referendum o‘tkazilishi oldidan, bankrotlik uchun sharoit yaratishga erishishi jamg‘armaning rasmiy pozitsiyasi ekanligi yoki yo‘qligi borasida tushuntirish berishni so‘ramoqda", deb aytildi Gretsiya hukumatida.
O‘z navbatida, XVJ Gretsiyada defoltga yo‘l qo‘yilishi haqidagi ma'lumotga izoh berishdan bosh tortdi hamda XVJ "ichki muhokamalar haqida chiqib ketgan ma'lumotlar yoki ehtimoliy hisobotlar" bo‘yicha izoh bermasligini ta'kidlab o‘tdi.