Vashingtonda yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit o‘z yakuniga yetdi

Jahon 07:04 / 02.04.2016 943

Vashingtonda 31-mart-1 aprel kunlari bo‘lib  o‘tgan Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit o‘z yakuniga yetdi. Bu sammit ushbu formatda o‘tkazilgan oxirgi shunday sammit bo‘ldi. Bundan uning yakuniy qo‘shma kommyunikesi guvohlik bermoqda. Sammit ishtirokchilari yadroviy xavfsizlik masalalaridagi xalqaro sa'y-harakatlarni koordinatsiya qilish bo‘yicha bosh rol MAGATEga tegishli ekanligiga rozi bo‘lishdi.

"2016 yilgi sammit yadroviy xavfsizlik bo‘yicha bunday formatdagi sammitlar jarayoni yakunlangani bildiradi. Biz xalqaro yadroviy xavfsizlik arxitekturasini kuchaytirish va xalqaro tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha bosh javobgarlik va tashkilotlar va davlatlar tomonidan yadroviy xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish va koordinatsiya qilishda markaziy rol MAGATEga tegishli ekanini ta'kidlaymiz", deb qayd qilindi hujjatda.

Sammit kommyunikesining asosiy xulosasi shu bo‘ldiki, yadroviy va radioaktiv terrorchilik xavfi oshmoqda va bu xavf xalqaro hamjamiyat uchun bosh xavf bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, yadroviy energiya va radioaktiv moddalarning nodavlat tuzilmalari va elementlari qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslikning muhimligi ta'kidlab o‘tildi.   

Sammit ishtirokchilari o‘z ishlarining yakunida yadroviy qurolsizlantirish va atomdan tinchlik yo‘lida foydalanish bo‘yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirishni davom ettirish lozimligini ko‘rsatib o‘tdilar.  

Shuningdek, sammitga rahbarlari kelgan davlatlar ham o‘z harakatlari rejasini qabul qildilar. Biroq Oq uyning ta'kidlashicha, bu hujjat "ko‘ngilli asosda milliy qonunchilik va tegishli xalqaro majburiyatlarga mos holda" bajariladi. 

Sammit Vashingtonda 31 mart-1 aprel kunlari bo‘lib o‘tdi. Avvalgi bunday sammitlar 2010, 2012 va 2014 yillarda bo‘lib o‘tgandi. Sammitni o‘tkazish g‘oyasi AQSh tomonidan bildirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: