Senatning beshinchi yalpi majlisida Konstitutsiyaviy sud tarkibiga o‘zgartish kiritildi

O‘zbekiston 11:55 / 02.04.2016 2003

2016 yil 1 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Senat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N. Yo‘ldoshevga asoslanib, UzA xabar bergan.

Qarorga muvofiq, Xusanova Fatima Usmanovna O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib saylandi.

Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: