"Mersedes"ning germaniyalik poygachisi Niko Rosberg cho‘kayotgan bolani suvdan olib chiqdi, deb xabar beradi Autosport.
Manba voqeaning ikki hafta avval Monakoda yuz berganligini ma'lum qildi. Poygachi qirg‘oqda sayr qilayotib, 5 yoshli bolaning suvga qulayotganining guvohi bo‘lgan. Rosberg o‘zini suvga tashlagan va bolani qirg‘oqqa olib chiqqan.
Poygachining o‘zi voqeani izohlashdan bosh tortdi, biroq sportchining menejyeri sodir bo‘lgan voqeani tasdiqladi.