Chagayev-Braun jangi tashkilotchilari avstraliyalik qoniga doping tushishiga aloqalari borligini inkor qilishdi

Sport 09:34 / 02.04.2016 2259

Butunjahon bokschilik uyushmasi (WBA) talqini bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi jang tashkilotchilari avstraliyalikning qoniga doping tushishi bilan bog‘liq mojaroga aloqadorliklari haqidagi ma'lumotni inkor qilmoqdalar hamda jangni bo‘lib o‘tmagan deb tan olinishini talab qilmoqdalar, deb xabar bermoqda "Axmat Promoushen" promouterlik kompaniyasi rahbari Timur Dugazayevga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Braun 5 martda Chagayevni Grozniyda o‘tgan jangning 10-raundida texnik nokaut bilan yutgan. Keyinroq Braun tomonidan topshirilgan doping-namuna taqiqlangan klenbuterol moddasiga ijobiy natija bergan. Avstraliyalik Grozniyga "toza" bo‘lib kelganini, uning jang oldidan topshirgan doping-namunasi ham "toza" chiqqanini aytgan.

"Bu masalaga mas'ul aksildoping tashkilotlari mavjud. Grozniyda Braun jamoasiga barcha sharoitlar taqdim qilindi. Biz avstraliyalik bokschining menejyerlari va promouterlariga hurmat bilan qaraymiz, biroq doping Braunga Chechenistonda tushgani borasida dalillar yo‘q. Bunday vaziyatda biz Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ko‘rsatmasiga ko‘ra jangdan keyinoq revansh o‘tkazish haqida olib borgan muzokaralarimiz bema'no bo‘lardi", deb aytdi Dugazayev.

"Braunning namunasida taqiqlangan modda aniqlanganini hisobga olib, jang natijasi bekor qilinishi lozim", deb qo‘shimcha qildi Dugazayev.

Braun Grozniydagi g‘alabasi bilan birinchi bor jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U hanuzgacha biror bir jangida mag‘lub bo‘lmagan: u hisobidagi 24 ta g‘alabadan 21 tasi nokaut bilan yakunlagan. Braun og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan birinchi avstraliyalik bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: