AQSh harbiy-dengiz kuchlari Janubi-Xitoy dengizida bahsli orollar yaqinida navbatdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqchi, deb xabar bermoqda xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, harbiylar mashg‘ulotni aprel boshlarida o‘tkazishmoqchi. Ayni vaqtda mashg‘ulotlarda qanday kemalar ishtirok etishi noma'lum.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Xitoyni orollar atrofidagi bahsni tinchlik bilan hal qilishga chaqirgandi.
Janubi-Xitoy dengizidagi Parasel orollari hududiga egalik qilish uchun Xitoy, Tayvan, Bruney, Filippin, Malayziya va Vetnam bahs olib boradi. Xitoy hukumati bu hududda infratuzilma yaratmoqda, jumladan marjon qoyalarda sun'iy orollar barpo etmoqda. Bundan tashqari, Xitoy orollarda harbiy texnika joylashtirmoqda.