Saudiya Arabistoni "neft asrining so‘nishi"ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida shahzoda Muhammad ibn Salmon 1 aprel juma kuni Bloomberg nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Qirollik oilasi vakili mamlakat 2 trillion dollar qiymatga ega suveren jamg‘arma tashkil etishni rejalashtirganini ma'lum qildi. Pullar neftga bo‘lgan tobelikdan xalos bo‘lishga sarflanadi.
Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi 2017 yilda birjaga chiqishi mumkin. Hukumat bozorda korxonaning besh foizigacha bo‘lgan aksiyalarini tadbiq etishni rejalashtirgan.
1 aprel ma'lumotlariga ko‘ra, Brent markasidagi neftning bir barreli uchun 39,65 dollarlik qiymatda savdo qilinmoqda. Ishlab chiqarishni barqarorlashtirish maqsadida neftchilar 2016 yil yanvariga doir neft qazib chiqarishni to‘xtatib qo‘yishni rejalashtirishmoqda.
Bu boradagi navbatdagi muzokaralar 17 aprel kuni Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadi. 12 ta davlat mazkur tadbirdagi ishtirokini tasdiqladi.
Eron ham shunday qarorga kelsagina Saudiya Arabistoni neft qazishni to‘xtatib qo‘yishga rozi bo‘ladi. Eron neft qazib chiqarishni kuniga 4 million barrelga chiqqandan keyingina to‘xtatib qo‘yishini bildirdi (hozir bu ko‘rsatkich 3 million atrofida).