AQSh prezidenti Barak Obama ayni vaqtda Vashingtonda bo‘lib turgan Ukraina rahbari Petro Poroshenkoni qabul qildi.
Ularning qo‘l siqishuvi tushirilgan fotosuratda ko‘rish mumkinki, Poroshenko uchrashuvga dazmol qilinmagan kostyum va shim kiyib borgan, shuningdek, uning tuflisi tozalanmagan. Suratda u va Obamaning kiyimlari o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘rinib qolgan.
Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshlagach, ukrainlar o‘z prezidentlaridan isnod qila boshlashdi.
"Uyat, Petyaning kiyimini fotoshop orqali dazmollab qo‘yinglar. U piyonistaga o‘xshab ko‘rinmoqda. Kechasi ichgan va shu holida yotib, ertalab uyg‘onishi bilan Obamaning oldiga chopgan ko‘rinadi".
"Uning tuflisi ham ifloslardan tozalanmagan".
"G‘ijim kostyum. Davlat qanday bo‘lsa, prezident ham shunday".
Qayd etish mumkinki, 2015 yilning noyabrida Niderlandiyaga tashrifi vaqtida ham Poroshenko shu alfozda xorijlik hamkasblari oldida paydo bo‘lgandi.