7-13 may kunlari O‘zbekistonda "Rally Muynak" avtopoygasi bo‘lib o‘tadi, uning ishtirokchilari Samarqand, Buxoro, Xiva va Mo‘ynoq shaharlari bo‘ylab yo‘ltanlamas avtomobillarda yo‘l bosib o‘tishadi.
Ralli tashkilotchisi "Peopletravel" sayyohlik kompaniyasi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi O‘zbekiston bo‘ylab avtosayohatlarni ommaviylashtirishdan iborat.
Aytib o‘tilgan shaharlardan tashqari bir hafta davom etuvchi ralli ishtirokchilari Nurotadagi Chashma majmuasi va Aleksandr Makedonskiyning "Nur" qal'asiga tashrif buyurishadi. Ralli yo‘nalishi Qizilqum cho‘li orqali Aydarko‘lgacha, Ayoz-qa'la qo‘rg‘oni orqali Amudaryodan kechuv bilan davom etadi. Oxirgi punkt Mo‘ynoq bo‘ladi.
Haftalik tur davomida ishtirokchilar o‘zlari bo‘ladigan hududlarning madaniyati, qadimiy an'analari va o‘zbek yerining urf-odatlari bilan tanishadilar.
Birinchi ralli 2015 yilning bahorida bo‘lib o‘tgandi.