Nijniy Tagilda 23 yoshli tarix o‘qituvchisi Vyacheslav Pushkin sambo bilan shug‘ullanuvchi 19 yashar o‘smir Ilya B. yetkazgan tan jarohati tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mahalliy yangiliklar agentligi «Mejdu strok» xabar qilmoqda.
Xabarlarga qaraganda, voqea shu yilning 20 fevralida yuz bergan. O‘smirning o‘qituvchiga jiddiy tan jarohati yetkazishiga rashk sabab bo‘lgan. Ilya o‘zi yoqtirib yurgan tibbiyot kollejining talaba qiziga tarix murabbiyining ko‘z olaytirayotganidan xabar topgach, orani ochiq qilish uchun o‘qituvchini maktab foyesiga taklif etadi.
Ikki oshiq o‘rtasida kechgan muloqot chog‘ida yuz bergan janjalda sambochi maktab ustozining boshiga uradi. Shundan so‘ng, Vyacheslav Pushkin beton polga yiqilgan va shifoxonaga yotqizilgan. Bir oydan ko‘proq shifoxonada yotgan pedagog, 28 mart kuni olingan tan jarohati sababli hayot bilan vidolashdi.
Ayni paytda, «Sog‘liqqa qassdan og‘ir ziyon yetkazish» bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, gumondorga nisbatan hozircha biron chora ko‘rilmagan.